06.08.2025
21:40

1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-sonli qarorining mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-son va “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 4 apreldagi PQ–190-son qarorlari imzolandi [9]. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarining soni hali ham yuqori bo‘lib, avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi qoidabuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga yo‘naltirilgan samarali tizimni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inson omilini istisno qiluvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish talab etilmoqda. 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida avtomobil yo‘llarida inson hayoti va sog‘lig‘ini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilish maqsadida: avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilarining «piyoda-jamoat transporti-velotransport-avtotransport» ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish; haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish; haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash; yo‘l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo‘lga qo‘yish, ushbu amaliyotni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida joriy etish; yo‘l harakatini tashkil etishni to‘liq raqamlashtirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish. Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 48 б.
4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 31 майдаги “Шаҳар электр транспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш ва қайта тайёрлаш ҳамда автомототранспорт воситаларини бошқариш ҳуқуқини берувчи ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун назарий ва амалий имтиҳонларни ўтказиш бўйича нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш фаолиятини лицензиялаш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 408-сон қарори.
5. Ўзбекистон Республикасининг “Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида”ги 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ–900-сон қонуни.
6. Ўзбекистон Республикасининг “Суғурта фаолияти тўғрисида”ги 2021 йил 23 ноябрдаги ЎРҚ–730-сон қонуни.
7. Ўзбекистон Республикасининг “Транспорт тўғрисида”ги 2021 йил 9 августдаги ЎРҚ–706-сон қонуни.
8. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Йўл ҳаракати қоидаларини тасдиқлаш тўғрисидаги 2022 йил 12 апрелдаги 172-сонли қарори.
9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 20 июлдаги “Автомототранспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ҳамда уларни имтиҳондан ўтказиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 393-сон қарори.
10. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон қонуни.
11. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5847-сон фармони.
12. М.М. Fayziyev “Haydovchi madaniyati”. О‘quv qо‘llanma –Т.: О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2024. – 170 b.
13. И. Б. Иброҳимов. Д.Д. Шарипова. Автомактаб ўқитувчи ва ҳайдовчи-йўриқчиларининг касбий компетенцияларини комплекс ёндашув асосида ривожлантириш муаммоси ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Qo’qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va еchimlar. International Scientific and Practical Conference. May 15, 2024. – 204-213 б.
14. Ишмуҳамедов Р.Ж. “Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари”. – Т.: ТДПУ, 2004. – 127 б.
15. Нигматов Ҳ., Калонов М., Файзуллаев Э., Турсунбаев Б. Ахборот-коммуникацион технологияларни транспорт ва йўл соҳасида қўллаш. – Т.: Адабиёт учқунлари, 2