06.08.2025
21:40

1.5. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son qonunining mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Agar xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat akkreditatsiyasi - davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta’lim muassasasi - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa; davlat ta’lim standartlari - davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta’lim talablari - ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; kompleks davlat akkreditatsiyasi - o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon; maxsus davlat akkreditatsiyasi - o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon; malaka - shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; mutaxassislik - malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta’lim tashkiloti - davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim dasturi - davlat ta’lim standartlariga, kasb standartlariga va milliy (tarmoq) malaka doirasiga muvofiq ishlab chiqilgan ta’lim standartlaridan, o‘quv rejalaridan, o‘quv dasturlaridan va tegishli uslubiy ko‘rsatmalardan iborat normativ-uslubiy hujjatlar majmui; ta’lim kampusi - yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari - ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi - ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli; xalqaro akkreditatsiya - ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirishga vakolat berilgan va xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarining reyestriga kiritilgan xalqaro ta’lim sifatini ta’minlash tarmoqlarining to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayon.
Ta’lim olish huquqi
         Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta’lim olish huquqi: ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish; ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish; oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim talablari: maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini; ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini; ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to‘g‘risidagi normalarni belgilaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti qo‘llaniladi. O‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko‘rsatilgan ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim tashkilotlarini belgilaydi. Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Oliy, professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar va idoralar davlat ta’lim standartlarini tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi. Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda o‘quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
         Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion o‘quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o‘z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi. Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.

3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 48 б.
4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 31 майдаги “Шаҳар электр транспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш ва қайта тайёрлаш ҳамда автомототранспорт воситаларини бошқариш ҳуқуқини берувчи ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун назарий ва амалий имтиҳонларни ўтказиш бўйича нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш фаолиятини лицензиялаш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 408-сон қарори.
5. Ўзбекистон Республикасининг “Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида”ги 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ–900-сон қонуни.
6. Ўзбекистон Республикасининг “Суғурта фаолияти тўғрисида”ги 2021 йил 23 ноябрдаги ЎРҚ–730-сон қонуни.
7. Ўзбекистон Республикасининг “Транспорт тўғрисида”ги 2021 йил 9 августдаги ЎРҚ–706-сон қонуни.
8. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Йўл ҳаракати қоидаларини тасдиқлаш тўғрисидаги 2022 йил 12 апрелдаги 172-сонли қарори.
9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 20 июлдаги “Автомототранспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ҳамда уларни имтиҳондан ўтказиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 393-сон қарори.
10. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон қонуни.
11. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5847-сон фармони.
12. М.М. Fayziyev “Haydovchi madaniyati”. О‘quv qо‘llanma –Т.: О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2024. – 170 b.
13. И. Б. Иброҳимов. Д.Д. Шарипова. Автомактаб ўқитувчи ва ҳайдовчи-йўриқчиларининг касбий компетенцияларини комплекс ёндашув асосида ривожлантириш муаммоси ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Qo’qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va еchimlar. International Scientific and Practical Conference. May 15, 2024. – 204-213 б.
14. Ишмуҳамедов Р.Ж. “Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари”. – Т.: ТДПУ, 2004. – 127 б.
15. Нигматов Ҳ., Калонов М., Файзуллаев Э., Турсунбаев Б. Ахборот-коммуникацион технологияларни транспорт ва йўл соҳасида қўллаш. – Т.: Адабиёт учқунлари, 2