06.08.2025
21:51

4.1 Avtomaktab o‘qituvchilarining xizmat jarayonida qo’llanadigan atama va tushunchalar



“Axloq”, “xulq” va “atvor” – arabcha so‘zlar bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Axloq kishilarning har bir jamiyatga xos xulq meyorlari majmuidir. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning xati-harakatlarini tartibga solish funksiyalarini bajaradi.

Bilish, anglash – dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan subyekt va obyektning o‘zaro ta’sirini, voqelikning ruhiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.

Dars – ma’lum maqsad asosida, belgilangan vaqtda alohida, bir xil yoshdagi o‘quvchilar, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan ta’lim jarayoni.

Darslik – maxsus ravishda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.

Jamoa – insonparvarlik va javobgarlik mas’uliyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi ijtimoiy ijobiy faoliyatiga asoslangan, kishilarning tashkil etilgan umumiyligi, jamoasidir.

Idrok – mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun hodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.

Maqsad – bo‘lg‘usi natijalar haqida har doim aqlan o‘ylab qurilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.

Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o‘z ichiga olgan xolda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o‘zgarish jarayoni.

Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rinini anglay olish xususiyati.

E’tiqod – shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodimgarning qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrof-muhitga hamda o‘zining xati-harakatlariga bo‘lgan subyektiv munosabati.

Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko‘rsatmalari.

Empirik – tajribaga asoslangan.

Empirik bosqich – tadqiqot obyekti to‘g‘risida har tomonlama tasavvur hosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va hodisalar mohiyatiga erishishga bo‘lgan talab o‘rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.

Estetik tarbiya – go‘zallikni his qilish, atrof-muhitdan go‘zallikni payqay olish va tushunishga bo‘lgan qobiliyatni tarbiyalash.

Ehtiyoj – individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy quvvati hamda faolligi manba hisoblanadigan asosiy xususiyati.

Ehtimollik – tasodifiylik, pedagogik hayotdagi o‘zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo‘lmagan, ehtimol kutilgan jarayon.

O‘yin – faoliyatini bir turi bo‘lib, ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bunyod etishga, o‘z xati-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

O‘z-o‘zini baholash – shaxsning o‘z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.

O‘z-o‘zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo‘lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o‘z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.

O‘qitish – 1) ta’limning o‘ziga xos usuli bo‘lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o‘qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o‘laroq atrof-muhit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o‘rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati – ijtimoiy pedagogik fenomen bo‘lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.

O‘qitish vazifasi – ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.

O‘qitish turlari – sukrotcha suhbat metodi, qoloq ta’lim, izohlash- namoyish etish asosida o‘qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o‘quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda individual ta’lim va boshqalar.

O‘qish – o‘quvchining o‘z qobiliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan harakat.

Talabalarni kasbga yo‘naltirish – talaba-yoshlarga kelajakda o‘z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarning asoslangan tizimi.

O‘quv-bilish faoliyati – insoniyat tomonidan to‘plangan madaniy boylikni egallash bilan bog‘lik faoliyat.

O‘quv faoliyati – shaxsning yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash jarayoni.

Qiziqish – shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining ongli shakli.

Halollik – shaxsiy va ijtimoiy majburiyatlarni, axloqiy meyorlarni rostgo‘ylik bilan saqlash.

Hasad – o‘zgartirishlar muvaffaqiyatlarini ko‘ra olmaslikdan kelib chiqadigan tyyg‘u.

Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg‘or va yangi pedagogik tajribalarni o‘rganish.

Pedagogikaning texnologik vazifasi – diagnostik sath - pedagogik hodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi - pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o‘rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o‘quv reja, dastur, darslik va o‘quv to‘planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflektiv tuzatma (korrektirovka) sathi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash.

Pedagogika fani – maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya, madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.

Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.

Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.

Pedagogik ixtisoslik – ta’lim natijasi o‘laroq bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuadan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat turi.

Pedagogik ixtisoslashish – pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir turi.

Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.

Pedagogik masala – pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog‘lik tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini ko‘zlagan ta’lim va tarbiyadagi madaniylashtirilgan vaziyatdir.

Pedagogik mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.

Pedagogik muloqot – ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etishning ko‘p qirrali jarayoni.

Pedagogik takt – shaxslar faoliyatini turli doiralarida ular bilan muloqotda bo‘lishning pedagogik tamoyili, o‘lchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan xolda to‘g‘ri muloqotda bo‘la olish malakasi.

Pedagogik texnika – Har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o‘tkazishning samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar majmuasi;

2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar.

Pedagogik tizim – shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonini birlashtirgan ta’limning o‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi.

Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.

Pedagogik o‘yin – bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.

Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) – pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayonga bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati.

Pedagogik haqqoniylik – o‘qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.

Proyektiv malaka – malakaning maxsus turi bo‘lib, kutilgan pedagogik natijalarni aniq ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.

Psixologiya – 1) shaxsning obyektiv borlikni faol aks ettirish jarayonini o‘rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o‘zaro sharhlangan psixik jarayonlar to‘plami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko‘ngil xazinasi.

Ratsionalizatsiya – metodlarni yoki biror ish - harakatni takomillashtirish.

Relaksatsiya – kuchli hayajon va jismoniy zo‘riqishdan so‘ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy holati.

Retrospektiv – o‘tmishga murojaat etish.

Ruhiy pedagogik tayyorgarlik – pedagogikaning metodologik acoclari va kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuv va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologik g‘oyalarini bilish.

Suhbat – kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo‘lmagan zarur axborotni olish uchun qo‘llanadigan tadqiqot metodi.

Tadqiqot obyekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug‘diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.

Tadqiqot predmeti – bevosita o‘rganilishi lozim bo‘lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.

Tayziq o‘tkazish – uyatga qo‘yish, aybdorlik hisi yoki ko‘ngli cho‘kkanlarning fikri, hissiyoti, intilishi va moyilligi ularning ongidan xalos qilish.

Takabbur – o‘z manfaatlarini yuqori quyuvchi, manman shaxs.

Takt – misli ko‘rilmagan tarzda o‘zini tuta bilish.

Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan sharhlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviy-axloqiy kadr, malaka, ko‘nikma, axloq meyorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.

Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq, ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati.

Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.

Pedagogik o‘yin – bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko‘zlagan hamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.

Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyam) – pedagogning dunyoga, pedagogik voqelikka va pedagogik jarayon bo‘lgan intellektual va hissiy munosabati.

Pedagogik haqqoniylik – o‘qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.

Tafakkur – inson aqliy faoliyatning oliy shakli, insonlarni o‘rab olgan dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo‘lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘ladi.

Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jixatlarini bildiradigan turg‘un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi.

Yo‘l – transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun jihozlangan, moslashtirilgan hamda transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan yo‘l obyektlari majmuasini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yer uchastkalari ustidagi bo‘shliq yo‘ldir. Yo‘llar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga (bundan buyon matnda umumiy foydalanishdagi yo‘llar deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko‘chalariga, xo‘jalik yo‘llariga, shahar elektr transporti yo‘llariga, velosiped va piyodalar yo‘lkalariga ajratiladi hamda qishloq joylardan o‘tadigan va xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan yo‘llar xo‘jaliklararo qishloq yo‘llaridir.

Yo‘l obyektlari – yo‘lning konstruktiv elementlari bo‘lgan yo‘l sun’iy inshootlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, osma ko‘priklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yo‘llarni qor ko‘chkilaridan, yer cho‘kishidan, yer ko‘chkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yo‘llarni jihozlash elementlari.

Yo‘l egasi – yo‘l qaysi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha korxonalar, muassasalar tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar.

Yo‘l harakati – yo‘l harakatini tashkil etishda yo‘llar doirasida transport vositalari va yo‘l harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui.

Yo‘l harakati ishtirokchisi – yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.

Yo‘l harakati monitoringi – yo‘l harakatini tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hamda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari holati haqidagi axborotni hisobga olish, umumlashtirish, unga ishlov berish va uni tahlil qilish.

Yo‘l harakatini tashkil etish – yo‘l harakatini boshqarish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmuyi.

Yo‘l harakatini tashkil etish loyihalarining auditi – tashkilotlarning yo‘llarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish chog‘idagi faoliyati natijalarining yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarning amaldagi talablariga muvofiqligini tekshirish.

Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari – yo‘l harakatini tashkil etish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va inshootlar (yo‘l belgilari, harakatlanish polosalari, svetoforlar, miltillovchi mayoqchalar, yo‘l chiziqlari, yo‘l ustunlari, to‘siqlari, tezlikni cheklovchi qurilmalar, shlagbaumlar, xavfsizlik orolchalari, yo‘l harakatini avtomatik boshqarish tizimlari (vositalari), shuningdek boshqa qurilmalar va inshootlar).

Yo‘l harakati xavfsizligi – yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks etiruvchi yo‘l harakati holati.

Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati – yo‘lning muayyan uchastkasidagi bir yo‘nalishda transport vositalari harakatlanishi jadalligining eng yuqori ko‘rsatkichi.

Yo‘l-transport hodisasi – transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir bo‘lgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa.

Temir yo‘l kesishmasi – yo‘lning temir yo‘llar bilan bir sathda kesishgan joyi.

Transport vositasi – yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yo‘llarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun mo‘ljallangan qurilma.

Transport vositalarining to‘xtab turish joylari – transport vositalarini vaqtincha yoki doimiy saqlash uchun mo‘ljallangan, yo‘lning kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan uchastkasi, bino, inshoot (ularning bir qismi), maxsus ochiq maydoncha.

Haydovchi – transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi deb hisoblanadi.