06.08.2025
21:40

1.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorining mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 martdagi 116-son hamda «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 23 fevraldagi 139-son qarorlariga muvofiq, 2018 yil 31 mayda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi 408-son qaror qabul qilingan. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida, davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizomlari, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq tasdiqlangan. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi. Litsenziya talablari va shartlari Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan umumiy litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 48 б.
4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 31 майдаги “Шаҳар электр транспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш ва қайта тайёрлаш ҳамда автомототранспорт воситаларини бошқариш ҳуқуқини берувчи ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун назарий ва амалий имтиҳонларни ўтказиш бўйича нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш фаолиятини лицензиялаш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 408-сон қарори.
5. Ўзбекистон Республикасининг “Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида”ги 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ–900-сон қонуни.
6. Ўзбекистон Республикасининг “Суғурта фаолияти тўғрисида”ги 2021 йил 23 ноябрдаги ЎРҚ–730-сон қонуни.
7. Ўзбекистон Республикасининг “Транспорт тўғрисида”ги 2021 йил 9 августдаги ЎРҚ–706-сон қонуни.
8. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Йўл ҳаракати қоидаларини тасдиқлаш тўғрисидаги 2022 йил 12 апрелдаги 172-сонли қарори.
9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 20 июлдаги “Автомототранспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ҳамда уларни имтиҳондан ўтказиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 393-сон қарори.
10. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон қонуни.
11. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5847-сон фармони.
12. М.М. Fayziyev “Haydovchi madaniyati”. О‘quv qо‘llanma –Т.: О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2024. – 170 b.
13. И. Б. Иброҳимов. Д.Д. Шарипова. Автомактаб ўқитувчи ва ҳайдовчи-йўриқчиларининг касбий компетенцияларини комплекс ёндашув асосида ривожлантириш муаммоси ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Qo’qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va еchimlar. International Scientific and Practical Conference. May 15, 2024. – 204-213 б.
14. Ишмуҳамедов Р.Ж. “Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари”. – Т.: ТДПУ, 2004. – 127 б.
15. Нигматов Ҳ., Калонов М., Файзуллаев Э., Турсунбаев Б. Ахборот-коммуникацион технологияларни транспорт ва йўл соҳасида қўллаш. – Т.: Адабиёт учқунлари, 2