AVTOMAKTABLARDA O‘QITUVCHI VA HAYDOVCHI-YO‘RIQCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Tadqiqotning dolzapbligi va zaruriyati
Avtomaktab o‘qituvchilari va haydovchi-yo‘riqchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.
Ushbu strategiya pedagog kadrlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarida sifatli ta’limni ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligi ularning bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy kompetensiyalari asosida baholanadi, bu esa tinglovchilarning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. “2021–2030 yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘n yillik harakatlar global rejasi”da avtomaktab o‘qituvchilari va haydovchi-yo‘riqchilarining kasbiy kompetentligini oshirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha yo‘l-transport hodisalarida o‘lim va jarohatlanish holatlarini 50 foizga kamaytirish maqsadi belgilangan. Pedagog kadrlarning kasbiy malakasini oshirish nafaqat ta’lim sifatini oshirish natijasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.