2.3.Avtomaktab o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda mustaqil ta’limdan foydalanish
Avtomaktab o‘qituvchilari va haydovchi-yo‘riqchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda mustaqil ta’lim muhim o‘rin tutadi. Haydovchilik kasbi nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki keng ko‘lamli nazariy bilimlarni ham talab qiladi. Shu sababli, avtomaktab o‘qituvchilari va yo‘riqchilarining malakalarini doimiy ravishda yangilash va takomillashtirish zarur. Mustaqil ta’lim haydovchi-yo‘riqchilar uchun quyidagi jihatlarda ahamiyatga ega:
mustaqil ta’lim orqali o‘qituvchilar va yo‘riqchilar o‘zlariga qulay vaqtda shaxsiy tarzda kerakli bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va yangiliklardan xabardor bo‘lishlari mumkin;
yangi texnologiyalar va metodikalarni o‘rganish orqali o‘qituvchilar va yo‘riqchilar bilim va malakalarini yangilab borishlari, bu esa talabalarning samarali ta’lim olishini ta’minlaydi;
avtomaktab o‘qituvchilari faqat transport vositalari va yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlar bilan cheklanmasdan, psixologiya, pedagogika va kommunikatsiya kabi sohalarda ham bilim olishlari zarur, bunda mustaqil ta’lim keng imkoniyatlar yaratadi;
o‘qituvchilar va yo‘riqchilar o‘z sohalarida ixtisoslashgan bilimlarni, masalan, ekologiya, xavfsizlikni ta’minlash yoki yangi avtonom transport vositalari bo‘yicha malakalarni o‘zlashtirishlari mumkin;
mustaqil ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va yo‘riqchilar bilim va tajribalarini boshqa mutaxassislar bilan baham ko‘rishlari va o‘zaro tajriba almashishlari mumkin;
haydovchi-yo‘riqchilar doimiy ravishda malakalarini oshirib, haydovchilik faoliyatining yangi aspektlari va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishib boradilar.
Mustaqil ta’limning asosiy afzalligi shundaki, u o‘qituvchilar va yo‘riqchilarga o‘z vaqtida va shaxsiy ehtiyojlariga mos ravishda o‘rganish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, jarayonning samaradorligini oshirish uchun avtomaktablarda tashkil etiladigan kurslar, treninglar va onlayn platformalar muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da quyidagi vazifalar belgilangan: raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish [20]. Konsepsiyada mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish vazifalari ko‘rsatilgan. Ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlash va malakalarini uzluksiz oshirish orqali zarur kompetensiyalarga ega bo‘lishi, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyati ta’kidlangan.
Mustaqil ta’lim tushunchasi ta’lim oluvchining o‘zi tashabbus ko‘rsatib, o‘qituvchi yoki ta’lim muassasasining bevosita rahbarligisiz bilimlarini kengaytirish, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amalga oshiradigan ta’lim faoliyatini anglatadi. Avtomaktab o‘qituvchilari uchun mustaqil ta’lim olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, qo‘shimcha ma’lumot yoki materiallarni mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv shakli bo‘lib, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar va amaliy vazifalarni auditoriyada va auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, avtomaktab o‘qituvchilari va haydovchi-yo‘riqchilari o‘quv materiallarini tanlash, o‘qish jarayonini tashkil etish va natijadorligini baholashni o‘z zimmalariga oladilar. [1].