1.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 iyuldagi 393-son qarorining mazmun-mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 iyulda Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 393-son qarori qabul qilindi.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda ushbu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlari, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini qat’iy nazorat qilishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilgan bo‘lib asosan:
a) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida:
– avtomototransport vositalarining va shahar elektr transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar, shuningdek, yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar sifatida faqat avtotransport sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;
– yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga yoki «Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish» bo‘yicha instruktor (paramidik) malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;
b) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘quv jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishida:
– mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi;
– avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi;
– haydovchilarning malakasi oshirilganligi bo‘yicha beriladigan sertifikatlar faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi va o‘quv tashkilotlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yuritiladigan sertifikatlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi;
– amaliy imtihonlarni o‘tkazishda «B» toifa uchun ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun ishlab chiqarilganligiga 10 yildan ortiq bo‘lmagan avtomototransport vositalaridan foydalaniladi.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib unga asosan:
– o‘quv avtodromining hajmi, haydovchilikka nomzodlarning soni hamda ushbu o‘quv avtodromidan foydalanuvchi boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib unumdorligi (sig‘imi) amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda jihozlangan o‘ziga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan (ijara, foydalanish yoki boshqa huquq asosida) tegishli bo‘lgan o‘quv avtodromining mavjudligi litsenziya talablaridan biri sifatida belgilanishi;
– o‘qituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marta Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan to‘lov — shartnoma asosida amalga oshirilishi va malaka oshirilganligi to‘g‘risida maxsus sertifikat berilishi belgilangan. Bunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan taqdim etilgan o‘qituvchi va instruktorlarning malakasi oshirilganligi to‘g‘risidagi maxsus sertifikatlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga elektron shaklda kiritib boriladi.
Shuningdek, yagona namunadagi nazariy imtihon savollarini animatsiyali ko‘rinishda ishlab chiqish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda tadbirkorlik subektlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtirilgan.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi va avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi keltirilgan.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bo‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda quyidagi hajmlarda belgilanadi:
– «A» toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 9 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 180 soatdan, «A» toifali mototransport vositalarini amaliy boshqarish – 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «B» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 18 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 216 soatdan, «B» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 69 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «C» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 22 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 264 soatdan, «C» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 69 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «B», «C» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 24 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 288 soatdan, «B» «C» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 72 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– avtotransport vositalari haydovchilarini «C» toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 140 soatdan, «C» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– avtotransport vositalari haydovchilarini «D» toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 10 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 200 soatdan, «D» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 60 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «B» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini «BE» toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 140 soatdan, «BE» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «C» yoki «B» va «C» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini «CE» toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 140 soatdan, «CE» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
– «D», «B» va «D», «C» va «D» yoki «B», «C» va «D» toifali avtotransport vositalari haydovchilarini «DE» toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 6 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi – 120 soatdan, «DE» toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish – 26 soatdan kam bo‘lmasligi lozim»;
O‘qituvchilarning malakasini oshirish har uch yilda bir marotaba Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan to‘lov – shartnoma asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi to‘g‘risida maxsus sertifikat berilishi ushbu qarorda keltirib o‘tilgan.
4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 31 майдаги “Шаҳар электр транспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш ва қайта тайёрлаш ҳамда автомототранспорт воситаларини бошқариш ҳуқуқини берувчи ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун назарий ва амалий имтиҳонларни ўтказиш бўйича нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш фаолиятини лицензиялаш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 408-сон қарори.
9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил
20 июлдаги “Автомототранспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ҳамда уларни имтиҳондан ўтказиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 393-сон қарори.
13. И. Б. Иброҳимов. Д.Д. Шарипова. Автомактаб ўқитувчи ва ҳайдовчи-йўриқчиларининг касбий компетенцияларини комплекс ёндашув асосида ривожлантириш муаммоси ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Qo’qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va еchimlar. International Scientific and Practical Conference. May 15, 2024. – 204-213 б.