06.08.2025
21:53

4.3 Kasbiy pedagogika fanining asosiy tushunchalari, predmeti, maqsadi va vazifalari (kategoriyalari)

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi Yan-Amos Komenskiy (1592-1670) nomi bilan bog‘liqdir. Komenskiy tomonidan taklif etilgan tamoyillar, ta’lim jarayonining shakl va uslublari “Pedagogika”ning oltin fondiga kirgan. Uning mashhur “Buyuk didaktika” asari pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasida birinchi muhim ilmiy asar hisoblanadi. Kompetentlik bu-inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik esa mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi hisoblanadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borish, yangi axborotlarni o‘rganish, muhim ijtimoiy talablarni anglay olish, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Haydovchilarni o‘qitish va o‘rgatishning mohiyati.
Kasbiy kompetentlik murakkab jarayonlar; noaniq vazifalarni bajarish; bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanish; kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda namoyon bo‘ladi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan mutaxassislar o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi, yangi axborotlarni o‘zlashtiradi, davr talablarini chuqur anglaydi, yangi bilimlarni izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.

Kasbiy kompetentlik negizida mazkur sifatlar aks etadi va ularning mohiyati keltirilgan. Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi tarkibiy asoslardan iborat ekanligini keltiradi.
Shu munosabat bilan pedagoglarni oliy ta’lim muassasasidagi faoliyatlarini faollashtirish bugungi kunda talab qilinayotgan kasbiy kompetentlik darajasini ta’minlaydigan yangicha yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.